Skip to main content
The Deno 2 Release Candidate is here
Learn more
logo

Xeorarch

Archlinux Paketlar SDK menejeri

Version install size GitHub top language Chat Test CI

Haqida

Archlinux o’zining ‘pacman’ nomli shaxsiy paketlar menejeriga ega. Undan narsalar qidirish esa ikki usulda bajariladi. Birinichisi o’rnatilgan pacman paketlar menejerini kerakli argumentlar bilan chaqirish yordamida bo’lsa, ikkinchisi esa https://archlinux.org/packages/ yoki https://aur.archlinux.org/ tashrif buyurgan holda kalit so’zlarini kiritib izlash yordamidadir va bu ba’zi jihatdan noqulaydir. Shu jumladan, qolgan yangiliklar, o’zgarishlar va boshqa shunday informatsiyalar olish noqulay bo’lgani sababli, biz, Xinux jamiyati, Archlinux turkumini yoqtiruvchi community sifatida ushbu distributiv uchun TypeScript/JavaScript da SDK yozishga qaror qildik va ushbu paketni ishlab chiqdik. Ushbu paket yordamida siz biz yozgan qisqartmalar yordamida informatsiyalar tezda qo’lga kiritib, ularni o’zingizning mahsulotingiz ishlab chiqarishda ishlatishingiz mumkin.

Qulayliklar

  • Standard birinchi darajali paketlarni izlash va qidirilgan paketlar haqida ma’lumot olish
  • AUR paketlarini izlash va istalgan paket haqida ma’lumot olish
  • (Keyinchalik yana ko’p narsalar qo’shish niyat qilingan)

Bu proyekt hozir sinov bosqichidan o’tmoqda. Agarda bironta xatolikka duchor bo’lsangiz, xatolik haqida e’lon qoldirishni unutmang.

O’rnatish

Istalgan node.js paket menejerini ishlatishingiz mumkin. Masalan, npm, yarn, pnpm… Misol:

npm install xeorarch

Ishlatish (Misol tariqasida)

Hozircha typedocs orqali dokumentatsiya yozilmoqda…

(async () => {
    const xeorarch = require("xeorarch");
    console.log((await xeorarch.Search.search("linux")).slice(0, 50));
})();